Skip to main content

O‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik

O‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand sammiti arafasida “O‘zaro bog‘liqlikdagi dunyoda muloqot va hamkorlik” sarlavhali maqolasining e’lon qilinishi davlat rahbari fikrlarida xalqaro hamjamiyat diqqat markazida turgan ushbu anjumanning ham ijtimoiy-iqtisodiy, ham siyosiy-mafkuraviy jihatdan qanchalik ahamiyatli ekanligiga alohida urg‘u berilgan.

 

E’tibor qilinishi kerak bo‘lgan muhim holat bu sammitga mezbonlik qiluvchi davlat rahbarining anjuman oldidan ana shunday maqola bilan chiqishi kamdan-kam uchraydigan holatdir. Qolaversa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maqolasi bildirilgan fikr-mulohazalari va tashabbuslari mamlakatning ushbu anjumanga qanchalik e’tiborli va undan kutilayotgan natijalarga jiddiy munosabatda ekanligining yaqqol ifodasidir.

 

Sammitning o‘tkazilish manzili biz uchun quvonarlidir. Muhtaram Prezident o‘zining maqolasida “Samarqand ruhi” iborasini ishlatib, azaldan tinchlik, totuvlik va hamkorlik maskanlaridan hisoblangan Samarqand, bugun xalqaro ahamiyatga ega ushbu anjumanga mezbonlik qilar ekan, hech shubhasiz, an’anaga mos holda ushbu sammitda ham mintaqaviy va xalqaro miqyosdagi ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy tusdagi muammolar yechimiga doir gumanistik va demokratik g‘oyalar bilan boyitilgan taklif va xulosalar asosida kelishuvlarga erishishga ishonch bildirib o‘tgan.

 

Sammitning ahamiyati haqida to‘xtalar ekan, maqolada shu narsaga alohida e’tibor qaratdiki, dunyoning bugungi global manzarasida davlatlar o‘rtasida hamkorlik, do‘stona muloqot va o‘zaro kelishuv insoniyat istiqbolini belgilab beruvchi va hal qiluvchi omildir. O‘zbekistonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zoligi esa ushbu tashkilotning hech bir harbiy yoki siyosiy maqsadlardan, u yoki bu harbiy bloklar tuzilishidan holi bo‘lgan, aksincha xalqaro miqyosda barqaror taraqqiyot yo‘lida o‘zaro do‘stona munosabat, tenglik asosidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlashga yo‘naltirilganligi bilan belgilanadi. Butun dunyo taraqqiyparvar kuchlari, O‘zbekiston xalqi qatorida Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi ham sammit ishiga muvaffaqiyatlar tilaydi.

 

Chidem Turkyilmaz

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti rektori